MAQOLA TALABLARI
Hurmatli mualliflar!
“ISFT” Ilmiy-uslubiy jurnali tahririyati fan nomzodlari va fan doktorlari, yosh olimlar, ilmiy tadqiqot olib borayotgan izlanuvchilar, mustaqil tadqiqotchilar, o‘qituvchilar, magistrantlar va talabalarni jurnalimizda maqola chop etishga chaqirib qoladi. Tahririyatga yuborilgan barcha materiallar jurnalning Tahrir hay’ati tomonidan ekspertizadan o‘tkaziladi. Jurnalda tahririyat tomonidan ma’qullangan maqolalargina e’lon qilinadi.
Yuborilgan har bir maqolaning hajmi 8-10 bet bo‘lishi lozim. Barcha materiallarni [email protected] elektron pochtasi orqali yuborishingizni so‘raymiz.
Mualliflar taqdim etishi zarur bo‘lgan ma’lumotlar:
- Familiyasi, ismi, otasining ismi (to‘liq).
- Ilmiy darajasi (mavjud bo‘lsa).
- Ilmiy unvoni (mavjud bo‘lsa).
- Ish joyi va lavozimi (tashkilot (OTM)ning to‘liq nomi, shahar va mamlakat ko‘rsatilgan holda).
- Elektron pochtasi (e-mail).
- Telefon raqami (mob., uy).
Maqolani rasmiylashtirishga qo'yilgan talablar:
- Matn – Microsoft Word.
- Format– A4.
- Matnning ikki yonidan qoldiriladigan o‘lcham– 2 sm.
- Shrift – Times New Roman.
- Maqola matni uchun shriftning kattaligi – 14, metama’lumotlar uchun –14.
- Maqola matni uchun qatorlar oralig‘I – 1.5.
- Xat boshi – 1.
- Joylashuvi – kitobiy, so‘zlarni keyingi satrga ko‘chirishsiz, betlar tagiga qo‘yilgan havolalarsiz.
- Har xil grafik va jadvallar oq-qora rangda bo‘lishi talab qilinadi.
- Maqolaning nomi – bosma harflarda markazdan qo’yiladi.
- Muallifning ismi, familiyasi, otasining ismi, ish joyi, (o‘qish joyi) haqidagi ma’lumot maqola yuqori qismining o‘ng tarafiga kichik harflarda kursiv bilan yoziladi.
- Annotatsiya o‘zbek, rus, ingliz tillarida (12 shrift, 1 interval oraliqda) yozilishi lozim. Annotatsiyada mavzuning tasnifi, ishning maqsadi va erishilgan natijalar, ishning ilmiy yangiligi bilan bog‘liq ma’lumotlar beriladi. So‘zlar soni 150-200 so‘z oralig‘ida bo‘lishi maqsadga muvofiq.
- Kalit so‘z va iboralar – (5-7 tadan kam bo‘lmagan) uch tilda – o‘zbek, rus, ingliz tillarida beriladi.
- Maqola matni – kengligi bo‘yicha tekislangan bo‘lishi kerak.
- Maqolaning tuzilishida kirish, metodologiya, asosiy natijalar va muhokama (xulosa) qismlari ajratib ko‘rsatilishi shart.
Kirish qismida tanlangan mavzuning dolzarbligi, yangiligi, tadqiqot maqsadi va vazifalari keltiriladi.
Metodologiya qismida maqolani yozishda qo‘llangan metodlar bayon qilinadi.
Asosiy natijalar qismida erishilgan natijalar bayon qilinadi. Bunda jadval, diagramma, statistik tahlillar keltirilishi mumkin.
Xulosa qismida esa natijalar umumlashtirilib, yakuniy xulosalar, tavsiya va takliflar keltiriladi.
- Muallifning ismi-familiyasi, otasining ismi ajratilgan holda yoziladi: A. N. Nurmatov (maqolada), Nurmatov A. N. (adabiyotlar ro‘yxatida).
- Matndagi havolalar quyidagi tartibda shakllantiriladi; [1; 195], [3; 20, 7; 68], [4].
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati alifbo tartibida, 12 shriftda tartib bilan ko‘rsatilishi lozim. Faqatgina maqolada foydalanilgan adabiyotlar keltirilishi kerak.